"Galatasaray" Falkaoni Yaqin Sharqqa sotishga rozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214
Turkiyaning "Galatasaray" klubi hujumchisi Radamel Falkao yozgi transfer bozorida jamoani tark etishi mumkin deya xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaning yozishicha, Falkaoga Qatarning "Al-Sadd" va Saudiya Arabistonining "Al-Xilol" klublari qiziqish bildirishmoqda.
"Galatasaray" aslida Falkaoni 7 million evroga sotishga rozi edi, biroq, Yaqin Sharq klublaridan taklif tushayotganligi sababli, uning transferidan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.
"Al-Sadd" 10 million evro taklif qilmoqda. "Al-Xilol" ham taklif yubordi, lekin ularning shartnoma detallari oshkor qilinmadi.
Eslatib o'tamiz, Radamel Falkao "Galatasaray" klubiga 2019 yilning yozida "Monako" klubidan erkin agent sifatida o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!