Yaqin vaqtlar ichida "Milan" yangi bosh murabbiyni e'lon qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
Italiyaning "Milan" klubi "Leyptsig" klubi sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan muzokaralarni davom ettirmoqda deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishiga qaraganda, tomonlar olib borayotgan muzokaralar ijobiy yakun topishiga yaqinlashmoqda va yaqin vaqtlar ichida shartnoma imzolanish ehtimoli yuqori.
Avval xabar berib o'tganimizdek, agar Rangnik "Milan" klubi bosh murabbiyiga aylansa, u holda klub rahbariyati yangi futbolchilar sotib olish uchun 75 million evro ajratadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!