«Mourino hammasini puxta rejalashtirgan» – Skoulz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4409
“MYu” sobiq futbolchisi Pol Skoulz aytishicha, “qizil iblislar” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino klubdan ketish uchun o'zini ataylab shunday tutgan.
“Futbolchilar talabga javob bermaydi, deb aytardi. Bu o'zi boshidanoq menga yoqmagandi”-, dedi sobiq futbolchi.
“Men Joze jamoada qolishini istamayotganini sezgan edim. U hammasini puxta rejalashtirgan. Uning matbuot anjumanlari futbolchilarga yomon ta'sir qilardi.
Ular murabbiy uchun o'ynashni istamay qo'ydilar. Mourino hatto Antonio Valensiya bilan ham janjalashdi. Valensiya dunyodagi eng yaxshi yigit. U bilan janjalga borish mumkin emas. Ammo Joze buni uddaladi. Mourino mavsumoldi yig'inlardayoq nolishni boshlagan edi.
Futbolchilar talabga javob bermaydi, deb aytardi. Bu o'zi boshidanoq menga yoqmagandi”-, dedi sobiq futbolchi.