"Yuventus" 120 million evroga hujumchi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287
Turinning "Yuventus" klubi Londonning "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olish fikridan qaytmayapti deya xabar tarqatmoqda TASS.
"Shporlar" 26 yoshli hujumchisini 120 million evrodan kam mablag'ga sotish niyatida emas.
O'z navbatida "Yuventus" vakillari bunday katta miqdordagi mablag'ga rad javob berishmadi. Aftida, "Yuventus" muzokaralarni davom ettiradiganga o'xshaydi.
Keyn "Tottenxem" klubida 2011 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!