Kavani kuchini La Ligada sinab ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini “Atletiko”da davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda UOL Esporte nashri yozmoqda.
Ma'lumot uchun, futbolchiga shuningdek, “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchining o'zi faoliyatini La Ligada davom ettirmoqchi. Yozda futbolchining parijliklar bilan shartnomasi yakunlanadi va “matraschilar” safiga erkin agent maqomida yo'l olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Atletiko” qishki transfer vaqtida ham Kavanini xarid qilshga uringan edi, biroq transfer amalga oshmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!