Angliya klublaridan birining futbolchilari maoshlarini qisqartirilishiga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Angliya chempionatining yuqori divizionidagi klublardan birining futbolchilari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan og'ir moliyaviy ahvol tufayli taklif etilgan maoshlarini kamaytirilishiga qarshi ekanliklarini yashirib o'tirishmadi deya xabar bermoqda The Athletic.
Jamoaning nomi hozircha aytilmayapti. Manbaning yozishicha, futbolchilarning oylik maoshlari qisqartirilishi klub xodimlariga emas, birinchi navbatda klub xo'jayinlariga foyda keltiradi deb hisoblashmoqda.
Xabarda aytilishicha, fubolchilarning qisqartirilgan maoshlaridagi ulushlar Milliy Sog'liqni Saqlash Xizmatiga yoki Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasiga o'tkazib berilsa, u holda maoshlarining qisqartirilishlariga qarshilik qilmasliklarini bildirishgan.