Franchesko Toldo 20 yil avvalgi tarixni yodga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265
Italiya terma jamoasi va "Inter" klubining sobiq darvozaboni Franchesko Toldo Evro-2000 yarim finalida Niderlandiya terma jamoasi ustidan penaltilar seriyasida qo'lga kiritilgan g'alabani xotirladi.
"Ular o'yin mobaynida ikkita penaltini noaniq bajarishganlaridan so'ng, butunlay yo'qolib qolishgandi. Bizga juda qiyin bo'lgandi. Ammo, men negadir o'sha uchrashuvda penaltilar seriyasi bo'lishini kutayotgandim. O'sha uchrashuvga kechasi bilan tayyorlanib chiqqanman. Niderlandiya terma jamoasi tarkibida kim qanday tarzda penaltini amalga oshirishini o'rganib chiqqandim", - Toldoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FCInter1908.it.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!