Mourino Marko Materatstsi uchun kim edi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
Italiyaning "Inter" klubi sobiq himoyachisi Marko Materatstsi Joze Mourino qo'l ostida o'ynagan davrlarini xotirladi.
"Mourino biz uchun qalqon, do'st, ota va aka edi. U bizni qismlarga bo'lib tashlagandi, biroq, u aslida o'zimizga kelib olishimizga imkon bergandi. U natijalarni barchaga ko'rsatish uchun qaysi tugmachani bosish kerakligini bilardi. Men uning qo'l ostida futbol o'ynashni yakunlagandim, lekin o'rtamizda o'zaro ishonch va hurmat bor edi. Men bitta o'yinda maydonga tushishga imkonim bo'lishini bilardim. U meni juda hurmat qilardi", - Materatstsining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!