Osiyo kubogi-2019. Qiziq vaziyat yuzaga keldi: Vetnam yoki Livan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8440
Osiyo kubogida guruh bosqichi yakuniga etdi. Guruhlarda 3-o'rinni egallagan 4ta jamoani aniqlash paytida qiziq vaziyat yuzaga keldi.
Bahrayn 4, Qirg'iziston va Ummon terma jamoalari esa 3 ochko (to'plar farqi — 4:4) bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Vetnam va Livan terma jamoalari esa bir xil natija qayd etishdi — 3 ochko va to'plar farqi 4-5. Faqatgina sariq kartochkalar hisob-kitobi bo'yicha vetnamliklar nimchorak finalga yo'l olishdi.
Vetnam guruh bosqichida 5ta sariq kartochka olgan bo'lsa, livanliklarning "sariq"lari ham 3-tur oldidan 5tani tashkil etayotgandi. Ular KXDRga qarshi bo'lib o'tgan bugungi o'yinda yana ogohlantirish olishdi. Natijada Radulovich jamoasi musobaqani mana shunday alamli tarzda tark etishga majbur bo'ldi.