"Inter" futbolchisi o'zi tug'ilgan shaharga yirik miqdorda moddiy yordam ko'rsatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297
Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines o'zi tug'ilib o'sgan Baiya-Blanka shahri Davlat kasalxonalariga yirik miqdorda moddiy yordam ko'rsatdi.
Argentinaning ushbu shahridagi kasalxonalar xayriya qilingan mablag'ga 3350 litr spirtli gelb, 100 ming dona tibbiy qo'lqop va 10 ming dona turli tibbiyot asboblarini sotib olishdi.
— Lautaro va uning oilasiga bizning shahrimizga sodiqliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz, — deb post qoldirdi Baiya-Blanka shahri meri Ektor Gay o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!