Meyvezerning qizi pichoq bilan hujum qilgani uchun hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251
Taniqli amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning qizi Ayanna Meyvezer sovuq qurol bilan notanish odamga hujum qilgani uchun hibsga olindi.
"TMZ" tarqatgan xabarga ko'ra, mojaro "YoungBoy Never Broke Again" reperining uyida yuz bergan. Ayanna uyga bostirib kirib, o'zini qo'shiqchining xotini ekanini aytib, u erda bo'lgan Lapattra Lashay Jeykobs ismli qizni hayday boshlagan.
Jeykobsga unga javoban "o'zing ket" degan. Ular o'rtasidagi tortishuv oshxonada ham davom etgan va Meyvezerning qizi qo'liga pichoq olib, "raqiba"siga hujum qilgan.
Voqea joyiga politsiya etib kelganida Lapattra erda yotgan edi. U shifoxonaga etkazildi. Uning hozirgi ahvoli haqida ma'lumot yo'q.
Ayanna Meyvezer qamoqxonaga olib ketilgan. U politsiyaga bergan ko'rsatmasida aybni Jeykobsga ag'darishga uringan.
Avvalroq, Floyd Meyvezer oilasida 2ta yo'qotish yuz bergan edi. Bokschining amakisi Rojer Meyvezer va turmush o'rtog'i Jozi Xarris hayotdan ko'z yumishgan edi.