«Barselona» Koutino borasida birorta ham taklifga ega emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
"Barselona" yarim himoyachi Filippe Koutinoni sotishda muammolarga duch kelishi mumkin.
"Sportsmole" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar yozgi transfer paytida braziliyalik futbolchini sotib yuborishmoqchi, ammo klub hozircha birorta ham taklif olganicha yo'q.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 27 yoshli futbolchini 80 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Koutino mazkur mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazmoqda. Myunxenliklar esa uning transfer huquqini sotib olishmoqchi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!