"Roma" "Shaxtyor"ning uch nafar futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230
Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka o'z jamoasida Donetskning "Shaxtyor" klubini uch nafar futbolchisini ko'rishni xohlamoqda deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Nashrning tarqatgan xabariga qaraganda, portugaliyalik mutaxassisning ro'yxatidan Viktor Kovalenko, Markos Antonio va Tetelar joy olishgan.
Eslatib o'tamiz, 2016 yildan 2019 yilgacha Fonseka "ko'mirchilar"ni boshqargan, shu sababli, bu futbolchilar bilan munosabati yaxshi.
Qayd etilishicha, Kovalenko - 6 million evro, Antonio - 4,5 million evro, Tete - 17 million evro turadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!