"Tottenxem" besh nafar futbolchi sotib olish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337
Londonning "Tottenxem" klubi yozgi transfer bozorida o'z tarkibini yangi futbolchilar bilan boyitib olish uchun faol bo'lish niyatida.
Football Insider portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Tottenxem" klubi o'ng qanot va markaziy himoyachilari, ikkita qanot yarim himoyachisi va bitta hujumchi sotib olish niyatida.
Qayd etilishicha, ushbu pozitsiyalarga futbolchilarni sotib olish Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan kelishilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!