UEFA rahbari: «Belgiya klublari evrokuboksiz qolishi mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
UEFA rahbari Aleksander Cheferinning fikricha, milliy chempionat o'yinlari muddatdan oldin yakunlanishi mumkin emas.
Shuningdek, UEFA rahbari muddatdan oldin chempionatni yakunlashga qaror qilgan Belgiya Futbol Federatsiyasini keyingi mavsumda nimalar kutayotganiga alohida urg'u berdi.
«Belgiyaning tutgan yo'li – noto'g'ri. Birdamlik tushunchasini bir tomolama fikrlash bilan chalkashtirmang. Siz avval yordam so'rab, keyin o'zingiz uchun foydali bo'lgan qarorni qabul qilishingiz nojoiz.
Belgiya klublari ichki chempionatni muddatdan oldin yakunlab qo'yganliklari sababli, keyingi mavsumda evrokubok musobaqalaridan chetda qolishlari mumkin. Bu xavfli holat bo'lishi mumkin. Boshqa chempionatlar ham xuddi shunday muammolarga duch kelishlari mumkin.
Klublarning o'z ichki chempionatlarida muddatdan oldin g'olib sifatida tan olinishi EChL va ELga chiqish talabi to'g'ri bajarilmaganligi haqida ko'plab savollarni tug'diradi», — dedi Aleksander Cheferin.