"Real Madrid"ning ikki futbolchisi APL klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328
“Everton” “Real Madrid”ning ikki futbolchisi Garet Beyl va Xames Rodrigesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Marca nashrining yozishicha, “Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasini sobiq shogirdlari bilan kuchaytirmoqchi.
Italiyalik mutaxassis Beyl bilan kelishish qiyin bo'lishini tushunmoqda, biroq Karlo uni ko'ndirishiga ishonadi. Xames esa jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, Beylning “Real” bilan shartnomasi yana ikki yildan so'ng nihoyasiga etadi, Xamesniki esa bir yildan so'ng yakunlanadi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Beyl 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan. Xames esa 7ta o'yinda 1ta gol urib, 1ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!