Srna 2016 yilda nega "Barselona"ga o'tmagan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
Donetskning "Shaxtyor" klubi sobiq o'yinchisi Dario Srna nega 2016 yilda "Barselona"ga o'tishni istamagani haqida gapirdi.
Futbolchi faoliyati davomida "Shaxtyor" va "Kalyari" jamoalarida to'p surgan.
"Men qalbimga quloq soldim. "Shaxtyor"ni tark eta olmadim. O'shanda urush bo'ldi. Men odamlar Donetskda emasligimiz sababli klubni tark etyapti, deb o'ylashlarini istamasdim. Men muxlislarni, klubdagilarni xafa qilolmasdim. "Barselona"ga ketmaganimdan afsuslanmayman", – dedi Srna.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!