Tyago Silva «PSJ»ni tark etishi mumkinligiga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
"PSJ" himoyachisi Tyago Silva faoliyatini qaysi jamoada yakunlash niyati borligini ma'lum qildi.
"Faoliyatimdagi eng og'ir paytda "Fluminense" menga o'z eshiklarini ochdi. Buning uchun bu jamoadan minnatdorman. Qachonligini bilmadim, ammo "Fluminense"ga qaytib, ushbu jamoa formasini yana kiyish haqida o'ylayapman", – dedi Silva.
Tyago Silvaning "PSJ" bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Shundan so'ng u erkin agentga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!