Odil Ahmedov Xitoy superligasi qachon boshlanishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
O'zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shanxay SIPG» yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoy chempionati qachon boshlanishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Hozir Shanxaydaman, bu erga bir hafta ilgari uchib kelgan edim. Etib kelishim bilan barcha xorijlik futbolchilar kabi karantinga olindim. Shuning uchun hozir uydaman. Bu jarayon ikki hafta davom etadi. Karantindan chiqqanimizdan keyin esa jamoamiz mashg'ulotlarni boshlaydi.
Hozir chempionat qachon boshlanishi haqida aniq ma'lumot yo'q. Lekin, o'ylashimcha, biz may oyining so'ngida futbol o'ynay boshlasak kerak», — dedi Ahmedov Sport24 muxbiri bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!