MLS’da ilk bor koronavirusga chalinish holati kuzatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176
Futbol bo'yicha AQSh oliy divizionida ilk bor koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi.
«Filadelfiya Yunion» futbolchisining tahlili COVID-19 virusiga ijobiy natija bergan. Ta'kidlanishicha, o'yinchida engil alomatlar sezilgan.
«Shuni ma'lum qilmoqchimizki, «Filadelfiya» o'yinchisida koronavirus aniqlandi. Klub shifokorlari sog'liqni saqlash tibbiyot vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikda ishlamoqda. Hozirda u o'zini yaxshi his qilmoqda va yaxshi kayfiyatda bo'lib turibdi. O'yinchi muhim bo'lgan izolyatsiya qoidalarini bajarmoqda. Klubdagi boshqa hech kimda virus aniqlanmagan", — deyiladi klub bayonotida.
2 aprel holatiga ko'ra AQShda koronavirus yuqtirib olganlar soni 234 mingdan oshib ketdi (dunyoda 1-o'rin). 5100 dan ortiq kishi vafot etgan.