Rasman. Belgiya chempionati muddatidan avval yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
Futbol bo'yicha Belgiya chempionatining ushbu mavsumini muddatidan avval yakunlash haqida qaror qabul qilindi. Ushbu qaror Futbol federatsiyasi bosh assambleyasi tomonidan tasdiqlansa, kuchga kiradi.
Musobaqa jadvalining hozirgi holati yakuniy deb tan olinadi. Shu bois, 29 turdan keyin 70 ochko jamg'argan "Bryugge" klubi chempion deb e'lon qilinadi. Ushbu jamoa muntazam chempionat yakunlanishiga 1 tur qolganida 2-o'rindagi "Gent"ni 15 ochko ortda qoldirayotgan edi.
Belgiya chempionati formatiga ko'ra, muntazam chempionatda dastlabki 6ta o'rinni egallagan jamoa 2-bosqichda ikki davrali tizimda ishtirok etib, chempion, Chempionlar ligasi va Evropa ligasida ishtirok etadigan jamoalar nomi aniqlanishi kerak edi.