Pellegrini: "Hech qachon Totti bo'lmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
Rimning «Roma» klubi futbolchisi Lorentso Pellegrini o'zini rimliklarning afsonasi Franchesko Totti bilan solishtirishlarini yoqtirmasligini aytib o'tdi.
- Men hech qachon Totti bo'lmayman. U – afsona, chempion! Men bu so'zlarni eshitib xursand bo'laman, biroq, Franchesko – bu Franchesko, boshqa bunday futbolchi bo'lmaydi. Totti bu Totti, men esa – Lorentso. Men kimgadir o'xshayman deb ayta olmayman, meni kim bilandir taqqoslashlarini xohlamayman. Men shunchaki o'zimni yaxshi tomonlarimni ko'rsatishni va "Roma"ga foyda olib kelishni o'ylayman, xolos», - Pellegrinining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere dello Sport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!