“Barselona” yana bir hujumchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3859
“Barselona” jamoani tark etgan Munir El-Xaddodining o'rniga futbolchi izlashda davom etmoqda.
“Cadena SER” manbasiga ko'ra, jamoaning ro'yxatidan “Los-Anjeles” klubi hujumchisi Karlos Vela ham o'rin oldi. Vela “Arsenal” va “Real Sosedad”dagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish.
Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi MLSda 29 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Velani “Transfermarkt” 10 mln evroga narxlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!