David Silva faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
«Manchester Siti» yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. «Duhayl» klubi 34 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilmoqda.
Dohaliklar futbolchining agentlari bilan hamkorlik borasida muzokara o'tkazishga ulgurishdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum so'ngida Silvaning "shaharliklar" bilan shartnomasi yakuniga etadi va u jamoani erkin agent sifatida tark etadi. David "Siti"da qolmoqchi emas.
Ispaniyalik futbolchi APLning ushbu mavsumida 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!