UEFA videokonferentsiyasida qabul qilingan qarorlar ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
UEFA kecha 55 mamlakat a'zolari bilan videokonferentsiya o'tkazdi. Unda poronavirus pandemiyasi paytida musobaqalar taqdiri muhokama qilindi.
UEFAning videokonferentsiyasida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1. Milliy chempionatlarni oxiriga etkazish qo'yish eng asosiy maqsad hisoblanadi.
2. UEFA tasarrufidagi barcha musobaqalar noma'lum muddatga qoldirildi.
3. Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining qolgan o'yinlari iyul va avgust oylarida o'tkazilishi kutilmoqda.
4. Iyun oyiga belgilangan terma jamoalar ishtirokidagi barcha uchrashuvlar bekor qilindi.
5. Evropa chempionati yo'llanmasi uchun pley-off bahslari sentyabr oyiga ko'chirildi.
6. Yozga belgilangan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi barcha Evropa chempionatlari bekor qilindi.
7. Aprel oyi so'ngida o'tkazilishi kerak bo'lgan futzal bo'yicha Chempionlar ligasining to'rtlar finali boshqa muddatga ko'chirildi.
8. Evropada keyingi mavsum sentyabr yoki oktyabr oyida boshlanishi mumkin.