"Barselona": Grizmann+55 mln evro=Neymar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
"Barselona" hali ham "PSJ" sharafini himoya qiladigan braziliyalik hujumchi Neymarni qaytarib olmoqchi, deb xabar beradi "Sky Sports".
Nashrning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchi uchun 55 million evro to'lashga tayyor, shuningdek frantsuz hujumchisi Antuan Grizmanni ham bermoqchi (100 million evroga baholanmoqda).
Agar parijliklar bu taklifni rad etsa, kataloniyaliklar braziliyalikning transferiga mablag topish uchun avval frantsiyalikni boshqa klubga sotishga majbur bo'lishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!