Koutino Braziliyaga 20 tonna oziq-ovqat va gigiena mahsulotlarini yubordi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutino koronavirusga qarshi kurash uchun o'z hissasini qo'shishga qaror qildi.
Braziliyalik futbolchi Rio-de-Janeyro shahriga 20 tonna miqdorida insonparvarlik yordamini yubordi. Qadoqlangan oziq-ovqat va gigiena mahsulotlariga futbolchining surati tushirildi.
«Insonlarga yordamim tegadigan qilib qo'ygan xudoga shukrona keltiraman. Dunyodagi muhtojlarga yordam berishda har bir inson o'z hissasini qo'shishi kerak», – dedi Koutino "Bild"ga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!