Villian «Yuventus»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
«Chelsi» yarim himoyachisi ushbu mavsum so'ngida jamoani tark etib, faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchiga «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Turinliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yarim himoyachini o'z jamoasi safida ko'rmoqchi. Ushbu mutaxassis Villian bilan 2018/2019 yilgi mavsumda "Chelsi"da birga ishlagan.
Villian ushbu mavsumda APL doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakunlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!