Mbappe firibgarlar qurboniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe yoqimsiz vaziyatga tushib qoldi.
2019 yilning bahorida firibgarlar futbolchining Tvitterdagi akkauntini buzib kirib, bitkoin singari virtual valyutaga investitsiya kiritish haqida reklama qoldirishgan edi.
2020 yilning bahorida shunday vaziyat yana bir marta takrorlandi. Firibgarlar yana uning akkauntini buzgan holda Mbappening nomidan kriptovalyutani reklama qilishdi.
"L'Equipe" nashrining tasdiqlashicha esa frantsiyalik futbolchi hech qachon bunday reklamani o'z sahifasiga qo'ymagan. Shu bois, gazetaning fikricha, o'yinchi bunday qalloblikka qarshi kurash orqali o'z imidjini saqlab qolishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!