Villian Londonning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271
“Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Villian APLni tark etmoqchi emas. Yozda braziliyalik futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi yakuniga etadi. U shartnomasini uzaytiradi yoki APLning boshqa klubiga o'tadi.
Ma'lumot uchun, Villian xizmatlariga “Tottenxem” klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transferini “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o'zi xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Villian barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 6ta gol va 5ta golli pas mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!