«Bavariya» rahbari yangi futbol mavsumini qishda boshlashni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
«Bavariya» boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge ushbu mavsumni sentyabr oyigacha davom ettirib, yangi mavsumni dekabr oyida boshlashni taklif qildi.
«Ushbu mavsumni albatta oxiriga etkazishimiz kerak. Bu esa klublarning yashab qolishiga olib keladi va iqtisodiy fojiadan saqlab qoladi. Shuning uchun, ushbu mavsumni uzog'i bilan sentyabrga qadar davom ettirish mumkin. Keyingi mavsumni esa qishda boshlash kerak. Bu real variant.
O'ylashimcha, «Bavariya» endi transfer bozoriga ratsional yondoshadi. Moliyaviy halol o'yini qoidalari esa yumshatilishi kerak», — dedi Rummenigge.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!