"Barselona" "PSJ" futbolchisini tekinga qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
"Barselona" yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Kataloniya klubi «PSJ» himoyachisi Leven Kurzava bilan shartnoma tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.
Futbolchining narxi 15 million evroni tashkil qiladi (transfermarkt). Kurzavaning "PSJ" bilan shartnomasi shu yilning iyunida tugaydi. "Barselona" uni tekinga qo'lga kiritishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Turinning "Yuventus"i ham Kurzavaga da'vogar ekanligi aytilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!