«Barselona» maoshlarni qisqartirish orqali qancha mablag' tejashi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu futbolchilarning maoshini qisqartirish evaziga klub qancha mablag' tejashini aytib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa 16 million evro miqdoridagi pulni iqtisod qiladi.
Shundan 14 million evrosi asosiy jamoa o'yinchilari hissasiga to'g'ri kelsa, 2 million evro esa qolgan barcha jamoalar (gandbol, basketbol, chim ustida xokkey, futzal, ayollar futbol jamoasi va yoshlar jamoalari) orqali tejaladi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffus davri uchun o'yinchilarning maoshini 70 foizga qisqartirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!