O'zil ilk marta ota bo'ldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil ilk marta ota bo'lganini ma'lum qildi.
Futbolchi va uning turmush o'rtog'i Omina oilasida qizaloq dunyoga keldi. Ular o'z farzandlariga Eda deb ism qo'yishdi.
"Xudoga shukurlar bo'lsinki, qizimiz Eda sog'lom tug'ildi. Robbim uni bizga va butun insoniyatga xayrli bo'lishini nasib etsin, inshoalloh. Omiyn", — deya xabar qoldirdi futbolchi o'zining Tvitterdagi sahifasi orqali.
O'zil 2019 yilning yozida Ominaga uylangan. Uning xotini 2014 yilda Miss Turkiya unvonini qo'lga kiritgan.
31 yoshli O'zil ushbu mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalar doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
Şükürler olsun ki kızımız “Eda” sağlıklı bir şekilde dünyaya geldi????????????❤️ Rabbim bize, çevresine ve bütün insanlığa hayırlı bir evlat olmasını nasip eder inşallah, AMİN????????
Amine & Mesut Özil???????????????????? pic.twitter.com/oElNb9dOeG