«Tottenxem» o'z stadionini koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196
"Tottenxem" klubi o'z stadionini koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borayotgan Buyuk Britaniya sog'liqni saqlash xizmatiga taqdim etadi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
"Biz hamisha jamiyat oldidagi majburiyatlarimiz haqida gapirib kelganmiz. Hozir esa bu har doimgidan ham muhimroq. COVID-19 bilan kurashayotganlar bilan faxrlanamiz. Bu biz taqdim etishimiz mumkin bo'lgan yordamning faqatgina boshlanishi", - dedi "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi.
Avvalroq "Manchester Siti" o'z stadioni hisoblangan "Etihad"ni shifokorlarni o'qitish uchun taqdim etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!