Grizmann «Barselona»dan obro'liroq raqam so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann o'z klubi safida 7-raqamda o'ynash niyati borligini ma'lum qildi. Futbolchi Frantsiya terma jamoasi safida ushbu raqamli futbolka o'ynaydi.
"Men yana 7-raqamda o'ynashni istardim", — dedi hujumchi.
Filippe Koutino "Bavariya"ga ijaraga berilishidan oldin "Barsa"da 7-raqam braziliyalik futbolchiga tegishli edi. Grizmanning bu fikrini esa ko'pchilik "Barselona" yozda Koutinoni sotib yuborishi haqidagi mish-mishlarning tasdig'i o'laroq qabul qildi.
Ma'lumot o'rnida. Antuan Grizmann ushbu mavsumda "Barselona" safida 17-raqamli formada o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!