Kuni kecha karantin rejimini buzgan Ronaldu barchani uyda qolishga chorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq yuzaga kelgan vaziyat tufayli ommaga murojaat qildi.
«Hozir butun dunyo qiyin vaziyatda, keling shukr qilamiz: sog' bo'lganimiz, oilamiz va yaqinlarimiz uchun.
Uyda qoling. Keling, insonlar hayoti uchun kurashayotgan sog'liqni saqlash tashkilotlarining barcha xodimlariga yordam beraylik», — deya yozdi Ronaldu o'zining tvitterdagi sahifasi orqali.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu kecha Portugaliyada karantin qoidalarini buzib, qallig'i Jordina Rodriges va farzandlari bilan birgalikda ko'chada sayr qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!