Qoldirilgan Tokio Olimpiadasining o'tkazilish sanalari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Xabaringiz bor, koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari bir yilga surilgan edi. Ayni paytda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Yaponiya hukumati va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi bilan musobaqaning kelgusi yilda o'tadigan reglamenti bo'yicha muzokara olib bormoqda.
Shubhasiz, bu muhokamada asosiy mavzu Olimpiya o'yinlarini o'tkazish sanasi bo'ldi. Rasmiy e'longa ko'ra, kelasi yil o'tadigan Olimpiya o'yinlari 1 kunga o'zgardi va 23 iyul – 8 avgust kunlariga belgilandi.
Bu bilan joriy yili o'tishi kerak bo'lgan sanalarda deyarli o'zgarish bo'lgani yo'q. Qolaversa, musobaqaning dasturini yangilashda, sportchi va murabbiylarning rejalariga katta ta'sir o'tkazmasligi nazarda tutilgan. Eslatib o'tamiz, rejaga ko'ra Olimpiya o'yinlari shu yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar o'tishi belgilangan edi.
Manba: olympic.uz