Gretsiyalik boyvochcha uchinchi shaxsiy klubini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
Gretsiyaning «Olimpiakos» va Angliyaning «Nottingem Forest» klublari xo'jayini Evangelos Marinakis tez oradan Frantsiyadan ham bitta klub sotib olishi mumkin.
Getfootballnewsfrance.com saytining tarqatgan xabariga qaraganda, 52 yoshli Marinakis «Trua» klubini sotib olishga yaqin turibdi.
«Trua» – yosh klub, 1986 yilda tashkil topgan. Klubning eng katta yutug'i 2011 yilgi Intertotodagi yutug'idir.
Hozirda «Trua» klubi Liga 2da ishtirok etmoqda. 28-turdan keyin 4-o'rinni band etib turibdi. Ular birinchi o'rindagi «Loryan» klubidan uch ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!