«Milan» yozda bir himoyachisini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171
Italiyaning "Milan" klubi markaziy himoyachisi Mateo Musakkio keyingi mavsumda «Milan» tarkibida o'ynamaydi deya xabar bermoqda MilanNews.
Musakkioning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo'ljallangan. Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi bilan «rossonerlar» rahbariyati shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti, chunki, rahbariyati kelayotgan yozda uni sotib yuborish niyatida.
Markaziy himoyachiga Ispaniyaning «Vilyarreal», «Valensiya», shuningdek, Angliyaning «Vest Xem» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirishmoqda.
29 yoshli Musakkio «Milan» klubiga 2017 yilning yozida «Vilyarreal» klubidan 18 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!