UFC 249. Habib Fergyusonga qarshi jang qilmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang bekor qilinishi mumkinligini aytdi.
“Men qaysi jangga tayyorgarlik ko'rish kerakligini bilmayapman. Hamma joyda chegaralar yopiq. Butun dunyo karantindadir.
Hozir menga UFC AQShda, shtatlarning birida musobaqaga tayyorlanayotganini to'g'risida ma'lumot keldi, va hozir men Rossiyani tark etolmayman, chegaralar yopiq.
Gap jang mensiz o'tishi mumkinligi haqida ketmoqda. Men qarshi emasman. Faqat buni qonunga muvofiq qilsinlar. Men buni tushunaman va jangchilar pul topish uchun kurashishlari kerak.
Mening bilishim bo'yicha, Toni Fergyusonning raqibi boshqa bo'ladi », - dedi Nurmagomedov Instagramdagi jonli efirida.
Manba: sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!