Keyn Premer-Ligani bekor qilishga chaqirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Garri Keyn agar iyun oxirigacha chempionat yakunlashga imkon bo'lmasa, u holda Angliya Premer-Ligasini bekor qilishga chaqirdi.
«Yakuniy nuqta bo'lishi kerak. Sahna ortida nimalar ro'y berayotganini bilmayman. Ehtimol, barchani qanday qilib himoya qilish va moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'lmaslik uchun qaror qabul qilish yo'llari izlanayotgandir.
Agar iyun oyini oxirigacha chempionatni yakunlash imkoniyati bo'lmasa, u holda Premer-Ligani bekor qilish kerak. Aks holda, kelasi yilgi mavsumda pasayish kuzatilishi mumkin», — dedi Keyn.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!