UEFA barcha chempionatlarni avgustda yakunlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 556
UEFA tashkiloti Evropa milliy chemionatlarida mavsumni avgust oyida yakunlamoqchi va kelasi mavsum vaqtini qisqartirish istagida.
The Times nashrining xabar qilishicha, UEFA favqulodda vaziyatlar bo'yicha ishchi guruh tashkil qilgan. Ushbu guruh koronavirus pandemiyasi vaqtida taqvimni o'zgartirish va uni vaziyatga moslash bilan shug'ullanmoqda. Ligalarni avgust oyida yakunlash pandemiya ta'sirini minimallashtirishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, Evropaning deyarli barcha chempionatlari koronavirus sabab to'xtab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!