"MYu" Pogba o'rniga 135 million funtga futbolchi xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420
Daily Star nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” yozda “Atletiko” etakchisi Saulni xarid qilishga urinib ko'radi.
Manbaning xabariga ko'ra, manchesterliklar yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Pol Pogba o'rniga ispaniyalik futbolchini olib kelmoqchi.
“Qizil ibilslar” 25 yoshli futbolchi uchun 135 million funt to'lashga tayyor. Bu holda, Saul futbol tarixidagi eng qimmat transferlar ro'yxatida kuchli 10talikka kirib oladi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Saulni markazda Bruno Fernandeshga ideal sherik bo'lishini taxmin qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!