Rummenigge: «Gyottse Angliyaga o'tgani ma'qul»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269
Myunxenning «Bavariya» klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummeniggening fikricha, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse faoliyatini Angliyada davom ettirishga qodir.
«O'ylashimcha, Gyottse «Vest Xem» yoki «Everton» klubiga o'tsa arziydi. Ehtimol, unga Italiyaning biror bir o'rtamiyona klubi ham to'g'ri kelar, lekin yaxshisi Angliyaga ketgani ma'qul. Men hozir top klublar haqida gapirmayapman, chunki Mario yana top klublarda yo'qolib qolishi mumkin.
Bundesligada Gyottse «Bayer» yoki «Borussiya» (Myonxengladbax) klublarida ham o'ynab ketadi oladi. U o'z o'yinini boshqarishi uchun bosimdan halos bo'lishi kerak.
Men o'z ma'ruzalarimda Mario Gyottsening 2014 yilgi Jahon chempionatining finalida urgan golini tez-tez eslab turaman. Men u haqida ham xursand bo'laman, ham qayg'uraman. O'sha goldan keyin hissiyotlarini eslayman, lekin ayni paytda Gyottsening o'sha paytdagi formasida emasligini tushunaman», — dedi Rummenigge.