«Chelsi» yaqin yillar ichida yangi stadion qura olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315
Londonning "Chelsi" klubi yangi stadion qurish uchun olgan ruxsatnomasining muddati 31 mart kuni o'z yakuniga etadi.
2017 yilning yanvar oyida «Chelsi» klubi «Stemford Bridj» stadionini kengaytirish va obodonlashtirish uchun ruxsat olgandi. Klub xo'jayini Roman Abramovichga Buyuk Britaniyaga ishlash vizasi berilmaganidan so'ng, loyiha 2018 yilning may oyida to'xtatilgandi.
Keyinroq «Chelsi» noqulay investitsiya sharoitlarini ro'kach qilib ishni keyingi surdi. Shundan so'ng, Brexit tufayli noaniqliklar yuzaga keldi.
Klubning rasmiy saytida 31 mart kuni yangi stadion qurishga berilgan ruxsatnoma muddati yakunlanishi haqida xabar paydo bo'ldi.
«Biz muxlislarimizdan hamda manfaatdor tomonlardan sabr qilishgani va bizni tushunishgani uchun minnatdormiz. Yangi stadion barpo etish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz», — deyiladi saytda berilgan bayonotda.