Miron Markevich: "Maosh to'lashni xohlamayotgan klublar bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
Ukraina terma jamoalari qo'mitasi rahbari Miron Markevichning aytishicha, barcha klublar karantin sababli, iqtisodiy muammolarga duch kela boshlaganini aytib o'tdi.
"Vaziyatimiz qay darajaga kelishini kelinglar hech bo'lmasa bir oy kutaylik. Hali Ukrainada bunday falokat yo'q. Ehtimol, biz hali barchasini bilmasmiz, balki bizga shunday ko'rinayotgandir. Kutamiz. Chempionatni oxirigacha o'ynab qo'yishni xohlayotgandik. Ko'plab noaniq pozitsiyalar bor. EChLga yo'llanma beradigan o'rin, quyi ligaga tushib ketadigan jamoa nomi, evrokuboklarda qatnashadigan jamoalar nomi aniq emas. Jamoalar jamlanishi va o'zaro kelishib olishlari kerak. Hamma zarar ko'rmoqda. Hozir ba'zi jamoalar maosh to'lamoqda, allaqachon to'lashni xohlamaydiganlarini ham bilaman. Hamma narsani qanday o'zgarishini kuzatamiz", - Markevichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Terrikon".