Koutino "Tottenxem" bilan kelishmadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinoning agenti Kia Djurabchian o'z mijozining "Tottenxem" klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Koutino "Tottenxem" klub mutasaddilari bilan hech qanday muzokara olib borgani yo'q. Barcha tarqatilgan ma'lumotlar noo'rin. Filippe "Tottenxem" klubi bilan hech qanday kelishuvga erishgani yo'q", - agentning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror.
Eslatib o'tamiz, Koutino huquqiy jihatdan Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!