Jirinovskiy Belorussiya prezidentini keskin tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385
Rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy koronavirus sababli mamlakatda futbolni to'xtatishga ko'rsatma bermagani uchun Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoni keskin tanqid ostiga oldi.
"Lukashenko butun sayyoraning ustidan kulmoqda. Hamma joyda qat'iy choralar ko'rilgan, sport tadbirlari bekor qilingan, butun dunyoda insonlar uyda o'tirishga harakat qilishmoqda, Belorussiyada esa hamma ko'chada yuribdi, hamma stadionda o'tiribdi va uning o'zi esa xokkey o'ynab yuribdi. U erda allaqachon bir necha o'nlab odam bu kasallikni yuqtirgan, ular orqali bir necha yuz bo'ladi, keyin bir necha ming bo'ladi...
Bunday qilish mumkinmas Aleksandr Grigorevich! Butun sayyoradagilar ahmoq, bitta siz aqlli insonmisiz?", - deb post qoldirdi Jirinovskiy o'zining "Telegram" kanalida.
Eslatib o'tamiz, Belorussiya Evropada ichki chempionat davom ettirilayotgan yagona davlat bo'lib turibdi. Lukashenko hozirgi epidemiologik vaziyatni xavfli emasligini aytgandi.