Koronavirusga chalingan futbolchilar boshqa futbol o'ynay olmaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 551
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq shifokori Yuriy Vasilkov koronavirusga chalingan futbolchilarning qayta futbol o'ynay olmasligi mumkinligini aytdi. Uning so'zlarini "Sovet Sport" nashri keltirgan.
"Men koronavirus natijasida qattiq kasal bo'lgan va shifoxonada uzoq muddat davolangan futbolchilarning sportga qaytishiga shubha qilaman. Chunki ushbu virus o'pkani ko'proq shikastlaydi. O'pka koronavirus uchun makon vazifasini bajaradi”, deb hisoblaydi Vasilkov. Uning fikriga ko'ra, futbolchilar yurak-o'pka kompleksidagi muammolar tufayli futbol o'ynashga yaramay qoladilar.
Ma'lumot uchun, koronavirusga chalinganlar orasida "Yuventus" a'zosi Dibala, Rugani kabi taniqli futbolchilar ham bor.
Manba: lenta.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!